Afrika Millatlar Kubogi. Misr Benindan ustun kelib, chorak finalga yo‘l oldi
Salah yana gol urdi.
ФОТО: Getty images
Afrika Millatlar Kubogining 1/8 finalidan o‘rin olgan Misr — Benin qarama-qarshiligi yakuniga yetdi.
G‘olib qo‘shimcha bo‘limlarda aniqlanib, unda “fir’avnlar” ustun keldi.
O‘yinda dastlab 70-daqiqada Marvan Attiya hisobni ochgan bo‘lsa, 83-daqiqada Jodel Dossu muvozanatni tiklab, beninliklarga umid bag‘ishladi.
Biroq qo‘shimcha taymlarda Misr terma jamoasi o‘z tajribasini namoyish etdi. 97-daqiqada Yassir Ibrohim jamoasini oldinga olib chiqqan bo‘lsa, eksta-taymlar yakunida jamoa sardori Muhammad Salah yakuniy nuqtani qo‘ydi — 3:1.
Afrika Millatlar Kubogi. Chorak final
Misr – Benin 3:1
Gollar: M. Attiya (70), Y. Ibrohim (97), M. Salah (120+4) — J. Dossu (83)
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist