locale OZ

Afrika Millatlar Kubogi 1/8 finalining barcha juftliklari maʼlum boʻldi

Turnirning amaldagi chempioni Kot-d'Ivuar terma jamoasi hisoblanadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Afrika Millatlar Kubogi 1/8 finalining barcha juftliklari maʼlum boʻldi
FOTO: Getty Images

Afrika Millatlar Kubogi — 2025 turnirining guruh bosqichi yakunlandi. Uning natijalariga ko‘ra musobaqaning pley-off bosqichida ishtirok etadigan barcha jamoalar ma’lum bo‘ldi.

Turnirning 1/8 final bosqichiga quyidagi terma jamoalar yo‘l oldi:

Marokko, Mali, Misr, Janubiy Afrika Respublikasi, Nigeriya, Tunis, Senegal, Kongo Demokratik Respublikasi, Jazoir, Burkina-Faso, Kot-d’Ivuar, Kamerun, Benin, Sudan, Mozambik va Tanzaniya.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yilgi Afrika Millatlar Kubogi Marokashda bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqada 24 ta milliy terma jamoa ishtirok etyapti va ular olti guruhga bo‘lingan. Turnir 18 yanvarga qadar davom etadi.

Afrika Millatlar Kubogining amaldagi chempioni — Kot-d’Ivuar terma jamoasi hisoblanadi. Ular 2023 yilgi turnir finalida Nigeriya ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, chempionlikni qo‘lga kiritgan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting