Advokat: «Kot-d'Ivuar darajasini bilamiz. Ammo raqibning ishini qiyinlashtira olamiz»
O'yin 26 iyun kuni soat 01:00da start oladi.
ФОТО: Getty images
Kurasao terma jamoasi bosh murabbiyi Dik Advokat Kot-d'Ivuar bilan o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirdi.
“Kot-d'Ivuar — ajoyib jamoa, ular o'rtoqlik o'yinida Fransiyani 2:1 hisobida mag'lub etgandi. Biz bunday raqib bilan o'ynaganimizdan faxrlanishimiz kerak. Futbolchilar bu chaqiriqni qabul qilishni xohlaydilar. Biz bor kuchimiz bilan maydonga chiqmoqchimiz.
Agar Ekvador bilan bo'lgani kabi o'ynasak (0:0), o'ylaymanki, to'g'ri yo'ldamiz. Kot-d'Ivuar terma jamoasining darajasiga qaramay, menda ajoyib tuyg'u bor. Biz har qanday raqibning ishini qiyinlashtira olamiz”, — Advokatning so'zlarini FIFA rasmiy sayti keltirmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist