locale OZ

Adrien Truffert “Manchester Yunayted”ga o‘tishga tayyor

Mankunianliklar 24 yoshli fransiyalik futbolchini kuzatmoqda va unga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Adrien Truffert “Manchester Yunayted”ga o‘tishga tayyor
Foto: Getty Images

“Bornmut”ning chap qanot himoyachisi Adrien Truffert faoliyatini “Manchester Yunayted”da davom ettirishi mumkin. Insayder Ekrem Konur ma’lumotiga ko‘ra, mankunianliklar 24 yoshli fransiyalik futbolchini kuzatmoqda va unga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Truffertning o‘zi ham “Old Trafford”ga ko‘chib o‘tish variantiga qarshi emas.

Biroq transfer oson kechmasligi kutilmoqda. “Bornmut” o‘z yetakchi futbolchilarini arzon narxda qo‘yib yubormaslik siyosatini yuritmoqda va Truffert ham klubning muhim futbolchilaridan biri hisoblanadi. Avvalroq ingliz manbalarida himoyachining qiymati 60 mln funt atrofida baholanayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fransiyalik himoyachi joriy mavsumda barcha musobaqalarda 6 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta golli uzatma amalga oshirgan. U 2025-yil yozida “Renn”dan “Bornmut”ga kelib qo‘shilgan va qisqa vaqt ichida jamoaning asosiy chap qanot himoyachisiga aylangan.

Ma’lumot uchun, Truffertning “Bornmut” bilan amaldagi shartnomasi 2030-yilgacha mo‘ljallangan. Shu sabab “Manchester Yunayted” futbolchini qo‘lga kiritish uchun janubiy sohil klubining yuqori moliyaviy talablarini qondirishiga to‘g‘ri kelishi mumkin.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting