Adidas 22 ta terma jamoa uchun yangi uy formalarini taqdim etdi
Ushbu toʻplamlar orasida JCh-2026da ayrim jamoalar kiyadigan liboslar ham bor.
FOTO: Getty Images
«Adidas» kompaniyasi ijtimoiy tarmoqlarda 2026—2027 yillar uchun moʻljallangan 22 ta terma jamoaning uy liboslarini taqdim etdi.
Ushbu toʻplamlar orasida AQSh va Meksikada oʻtkaziladigan 2026 yilgi Jahon chempionatida ayrim jamoalar kiyadigan formalar ham bor.
Yangi liboslar Italiya, Argentina, Ispaniya, Germaniya, Yaponiya, Belgiya, Peru, Saudiya Arabistoni, Jazoir, Shvetsiya, Qatar, Shotlandiya, Kosta-Rika, BAA, Kolumbiya, Meksika, Chili, Ukraina va Uels jamoalari uchun ishlab chiqilgan.
«Ta‘riflashning hojati yoʻq boʻlgan droplarni taqdim etamiz. 22 forma. 3 chiziq. Cheksiz goʻzal oʻyinlar», — deyiladi kompaniya bayonotida.
Nasrullo Karimov
Jurnalist