locale OZ

Adeyemi noqonuniy qurol saqlagani uchun jazolandi

Unga nisbatan ma'muriy ish ochilgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Adeyemi noqonuniy qurol saqlagani uchun jazolandi
ФОТО: Getty images

Germaniya terma jamoasi futbolchisi Karim Adeyemi noqonuniy qurol saqlagani uchun 450 ming yevro jarimaga tortildi. Bu haqda N-TV xabar berdi.

Nemis politsiyasi futbolchining yonidan ikkita taqiqlangan o‘qotar qurol topgach, unga nisbatan ma’muriy ish ochilgan.

Natijada Adeyemining daromadidan kelib chiqib, taxminan 450 000 yevro miqdorida jarimaga tortiladi.

Bosh prokuror Maykl Burgfrafning ma’lum qilishicha, qaror joriy yilning 30 oktabr kuni qonuniy kuchga kirgan.

Germaniya qonunlariga ko‘ra, qurol zo‘ravonlik sodir etishda ishlatilsa, jazo muddati 10 yilgacha yetishi mumkin, biroq Adeyemi quroldan jinoyat sodir etishda foydalanmagan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting