locale OZ

Adeyemi: «Barselona» – dunyoning eng yaxshi klubi, bu yerga sovrinlar yutish uchun keldim»

Kataloniya klubi futbolchining transferini rasmiy e'lon qildi.
Adeyemi: «Barselona» – dunyoning eng yaxshi klubi, bu yerga sovrinlar yutish uchun keldim»
ФОТО: Getty images

Germaniyalik hujumchi Karim Adeyemi Dortmundning «Borussiya» klubidan «Barselona»ga o'tganidan keyin ilk taassurotlari bilan o'rtoqlashdi. Bugun, 23-iyul kuni Kataloniya klubi futbolchining transferini rasmiy e'lon qildi.

– Men bu yerga sovrinlar yutish uchun keldim. «Barselona»ni o'zining boy tarixi, bu yerda to'p surgan afsonaviy futbolchilari va Kataloniya bilan o'ziga xos bog'liqligi tufayli dunyoning eng yaxshi klubi deb hisoblayman. Birinchi kundanoq bu juda o'ziga xos klub ekanini his qildim.

Xans-Diter Flik bilan suhbatlashdim va unga to'liq ishonaman. U menga klub nimani talab qilishini tushuntirdi. Belgilangan maqsadlarga erishish uchun qo'limdan kelgan barcha ishni qilishga tayyorman. Flik menga ishonishi mumkin — men u, jamoa va muxlislar uchun bor kuchimni ayamagan holda harakat qilaman, — dedi Adeyemi klub matbuot xizmatiga.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting