locale OZ

Ademola Lukman — «Atletiko Madrid» futbolchisi (Romano)

Tomonlar transfer boʻyicha toʻliq kelishuvga erishdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ademola Lukman — «Atletiko Madrid» futbolchisi (Romano)
FOTO: Getty Images

«Atalanta» hujumchisi Ademola Lukman faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettiradigan bo‘ldi. Madridning «Atletiko» klubi va Bergamo jamoasi o‘rtasida transfer bo‘yicha to‘liq kelishuvga erishildi. Bu haqda taniqli insayder Fabrisio Romano xabar berdi.

«Matraschilar» nigeriyalik futbolchi uchun kafolatlangan 35 million yevro to‘laydigan bo‘ldi. Yana 5 million yevro italiyaliklar hisobiga bonuslar ko‘rinishida tushishi mumkin. 28 yoshli hujumchi Madrid klubi bilan uzoq muddatli shartnoma imzolaydi.

Eslatib o‘tamiz, Lukman 2022 yilning yozidan buyon «Atalanta» sharafini himoya qilib kelayotgan edi. O‘tgan davr mobaynida u barcha turnirlarda 137 ta o‘yinda maydonga tushib, 55 ta gol va 27 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 2024 yilda nigeriyalik yulduz jamoasi bilan Yevropa Ligasida g‘olib chiqdi va o‘sha yili Afrikaning eng yaxshi futbolchisi deb e’tirof etildi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting