locale OZ

Adarabioyo: «Mudrik — haqiqiy mehnatkash bola»

Ukrainalik futbolchi 615 kunlik tanaffusdan so‘ng ilk bor “Chelsi” tarkibida maydonda harakat qildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Adarabioyo: “Mudrik — haqiqiy mehnatkash bola”
ФОТО: Getty images

“Chelsi” himoyachisi Tosin Adarabioyo jamoa safida uzoq tanaffusdan so‘ng maydonga qaytgan ukrainalik vinger Mixail Mudrik haqida fikr bildirdi.

Mudrik “Yuventus”ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvining 82-daqiqasida Nikolas Jekson o‘rniga maydonga tushdi. Shu tariqa ukrainalik futbolchi 615 kunlik tanaffusdan so‘ng ilk bor “Chelsi” tarkibida maydonda harakat qildi.

“Misha — mening do‘stim. Bu vaqt davomida u bilan aloqada bo‘lib turdim. Shuning uchun uning qaytganidan juda xursandman. Uning uchun chin dildan quvondim. U bu yerda bo‘lganidan va yana shu muhitni his qilayotganidan juda baxtli ekani ko‘rinib turibdi.

Albatta, unga biroz vaqt kerak bo‘ladi, ammo biz uni qo‘llab-quvvatlash uchun doimo yonidamiz.

Uning mehnatsevarligi shunchalik yuqoriki, men bundan aslo hayron emasman. U shu vaqtning barchasida mashg‘ulot olib bordi. Men uning alohida tarzda shug‘ullanganini, kimlar bilan birga mashg‘ulot o‘tkazganini yaxshi bilaman. Uning mehnatsevarligi fenomenal”, — deya Adarabioyoning so‘zlaridan keltiradi Football.London nashri.

Eslatib o‘tamiz, Mudrik 2024 yil noyabr oyining oxiridan buyon “Chelsi”ning rasmiy o‘yinlarida ishtirok etmagan edi. Shu yil dekabr oyida uning doping-namunasida meldoniy aniqlangan va shundan so‘ng futbolchi diskvalifikatsiya qilingan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting