locale OZ

ADAMS tizimi bilan ishlashdagi kamchiliklar muhokama qilindi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
ADAMS tizimi bilan ishlashdagi kamchiliklar muhokama qilindi
FOTO: Getty Images

Bugun O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi tomonidan ADAMS (Antidoping ma’lumotlarini boshqarish tizimi) platformasida ma’lumotlar taqdim etishdagi kamchiliklar va ularning oqibatlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi, Milliy antidoping agentligi rahbariyati hamda sport federatsiyalarining mas’ul vakillari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda ADAMS tizimidan noto‘g‘ri yoki kechikkan holda foydalanish holatlari, ayniqsa, manzilni kiritishdagi xatolar, sportchilarning musobaqa va musobaqadan tashqari davrlarda doping nazoratidan o‘tish jarayoniga qanday salbiy ta’sir qilishi keng muhokama qilindi.

Mutasaddilar sportchilar va ularning murabbiylari tomonidan tizimdan foydalanish bo‘yicha yetarli bilim va amaliy ko‘nikmalar mavjud emasligi, bu esa xalqaro darajadagi musobaqalarda ishtirok etish huquqiga xavf solayotganini alohida ta’kidlashdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting