locale OZ

Achimpong «Arsenal»ga o‘tishni istamoqda

Himoyachining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning iyuniga qadar mo‘ljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Achimpong «Arsenal»ga o‘tishni istamoqda
ФОТО: Getty images

"Chelsi"ning 20 yoshli futbolchisi Josh Achimpong "Arsenal"ga o‘tishni xohlamoqda. Bu ma'lumotni jurnalist Eduardo Hagn ma'lum qildi.

Manbaga ko‘ra, "ko‘klar" 20 yoshli futbolchini sotmoqchi emas, biroq u jamoani tark etishga qat'iy qaror qilgan.

Ta'kidlanishicha, Achimpongning xizmatlari bir nechta klublarga taklif qilingan, shu sababli uning kelajagi so‘roq ostida qolmoqda.

O‘tgan mavsumda Achimpong barcha turnirlarda 30 ta uchrashuvda maydonga tushib, ikkita gol urgan.

Himoyachining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Transfermarkt nufuzli portali mutaxassislari ingliz futbolchisini 25 million yevroga baholamoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting