Acherbi «Al-Hilol»ga o‘tishi mumkin
Transfermarkt portali 38 yoshli futbolchini 2,5 million yevroga baholamoqda.
ФОТО: Getty images
“Inter” klubi markaziy himoyachisi Franchesko Acherbi faoliyatini Saudiya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Jurnalist Matteo Morettoning yozishicha, 38 yoshli futbolchiga “Al-Hilol” jiddiy qiziqmoqda.
“Neradzurrilar”ning sobiq bosh murabbiyi Simone Indzagi yozda jamoani tark etadigan futbolchining vaziyatidan foydalanib, uni Osiyoga olib kelmoqchi. Tomonlar o‘rtasida dastlabki muzokara boshlangan.
Ma’lumot uchun, Transfermarkt portali 38 yoshli futbolchini 2,5 million yevroga baholamoqda. Joriy mavsumda Acherbi milanliklar safida 21 ta o‘yinda maydonga tushib, jami 1590 daqiqa harakat qildi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist