locale OZ

Abu-Dabiga yo‘l olamiz: o‘zbekistonlik muxlislar BAAga qarshi o‘yin uchun bilet sotib olishlari mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

O‘zbekiston terma jamoasi muxlislari BAAga qarshi jahon chempionati saralash uchrashuviga borish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Kechagi, 25-may kuni BAA va O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin uchun rasmiy ravishda biletlar sotuvga chiqarildi.

Futbol bo‘yicha mutaxassis Alisher Nikimbaevning ma’lum qilishicha, biletlar Ticketmaster.ae sayti orqali sotiladi. Bilet xarid qilish uchun saytga ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.

Ayni paytda O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempionatiga chiqish uchun olib borilayotgan saralash bahslarida o‘z guruhida 17 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. BAA esa 13 ochko to‘plagan holda uchinchi o‘rinni egallab turibdi. Saralashning oxirgi ikki turi oldidan bu raqobat juda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘yin 5-iyun kuni Abu-Dabida Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi. O‘zbekiston termasi uchun bu o‘yinda mag‘lubiyatdan tashqari har qanday natija qoniqarli bo‘ladi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting