Abu Dhabi Grand Slam 2025 turnirida ishtirok etuvchi jamoamiz tarkibi tasdiqlandi
Abu Dhabi Grand Slam 2025 musobaqasida dunyoning barcha qit’alari 53 davlatidan jami 398 nafar sportchi ishtirok etadi.
Фото: Ўзбекистон Дзюдо Федерациясининг расмий канали
28-30 noyabr kunlari BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida mukofot jamg‘armasi 154 000 yevroni tashkil etuvchi "Katta Dubulg‘a" turkumiga kiruvchi nufuzli turnir bo‘lib o‘tadi.
Abu Dhabi Grand Slam 2025 musobaqasida dunyoning barcha qit’alari 53 davlatidan jami 398 (240 erkak, 158 ayol) nafar dzyudosi medallar uchun bahs olib boradi. Murabbiylar shtabi tomonidan Abu-Dabi "Katta Dubulg‘a" turnirida ishtirok etuvchi terma jamoamiz tarkibi tasdiqlandi.
Abu-Dabiga yo‘l oladigan delegatsiyamiz:
-48 kg: Laziza Haydarova
-52 kg: So‘g‘diyona Rafkatova
-57 kg: Shukurjon Aminova
+78 kg: Irisxon Qurbonboyeva
-90 kg: Umar Bozorov
+100 kg: Muzaffarbek To‘raboyev
Murabbiylar - Aleksey Budolin, Olimboy Olimov
Shifokor - Aziz Qayumov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist