locale OZ

Abror Karimov bilan shartnoma uzaytirildi

OKMK FK jamoasi tarkib barqarorligini ta’minlash va himoya chizig‘ini yanada mustahkamlash yo‘lida navbatdagi muhim qadamni tashladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
 Abror Karimov bilan shartnoma uzaytirildi
photo: OKMK fk

OKMK FK jamoasi tarkib barqarorligini ta’minlash va himoya chizig‘ini yanada mustahkamlash yo‘lida navbatdagi muhim qadamni tashladi. Jamoamizning ishonchli va sovuqqon himoyachisi Abror Karimov bilan amaldagi shartnoma muddati uzaytirildi.

Ikki tomonlama kelishuvga ko‘ra, Abror bilan 4 yillik yangi bitim imzolandi. Endilikda jamoamiz mudofaa qo‘rg‘onining muhim vakili 2029-yil yakuniga qadar «konchilar» sharafini himoya qilib, darvozamiz daxlsizligini ta'minlashda davom etadi.

Abror Karimov o‘zining intizomi, havodagi kurashlarda ustunligi va maydonni ko‘ra olish qobiliyati bilan jamoamiz mudofaasining tayanchiga aylangan. Uning tarkibda olib qolinishi jamoamizning himoya salohiyatini saqlash va barqarorlikni ta’minlash yo‘lidagi muhim qarordir.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting