locale OZ

Abramov Temurxo‘ja Abduxoliqov haqida gapirdi

Futbolchi oilasida judolik bo‘ldi.
Abramov Temurxo‘ja Abduxoliqov haqida gapirdi
Фото: Динамо ПФК

“Dinamo” – “Xorazm” uchrashuvidan (2:2) so‘ng jamoamiz bosh murabbiyi Vadim Abramov bugun farzandidan ayrilgan “Lokomotiv” hujumchisi, sobiq shogirdi Temurxo‘ja Abduxoliqovga hamdardlik bildirdi.

“Ertalabdan noxush xabarni eshitdik. Temurxo‘ja Abduxoliqovning o‘g‘li vafot etibdi. Bu qanchalik qattiq zarba ekanini men yaxshi bilaman, tushunaman. Klub nomidan biz ta’ziya bildirdik, ikkinchi farzandining vafoti uning uchun juda qayg‘uli. Unga o‘z nomimdan, butun jamoamizdan ham chuqur hamdardlik bildiraman. U sabrli bo‘lishi kerak, bu juda og‘ir. Dunyoda yagona adolatsizlik bo‘lsa, bu ham – otalarning o‘z farzandini dafn etishidir. Bu juda qayg‘uli va og‘ir. Shunday ekan, bunday paytda futbol haqida gapirish juda og‘ir”, – deydi Vadim Karlenovich o‘yindan keyin.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting