locale OZ

Abraham Yevropaning nufuzli 3 ta turnirida g‘alaba qozondi

U kecha “Aston Villa” bilan Yevropa ligasida g‘olib chiqdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Abraham Evropaning nufuzli 3 ta turnirida g‘alaba qozondi
ФОТО: Getty images

“Aston Villa” hujumchisi Temmi Abraham Yevropa Ligasi finalida “Freiburg” ustidan 3:0 hisobidagi g‘alabadan so‘ng noyob natijaga erishdi.

Xabar qilinishicha, u Yevropaning uchta asosiy klub musobaqasida g‘olib chiqqan ikkinchi futbolchiga aylandi.

Bundan avval u 2020/2021 yilgi mavsumda “Chelsea” bilan Chempionlar ligasini, 2022 yilda esa “Roma” bilan Konferensiyalar ligasini qo‘lga kiritgan edi.

Bu kabi yutuqqa ilk bo‘lib Abrahamning sobiq jamoadoshi Emerson Palmeri erishgan. U hozirda “Marsel” safida to‘p surmoqda.

Qayd etilishicha, Abraham qishki transfer oynasida “Beshiktosh”dan “Aston Villa”ga o‘tgan. U yangi jamoasi safida 16 ta o‘yinda ishtirok etib, 3 ta gol urgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting