locale OZ

Abraham Rossiya chempionatiga yo‘l olishi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Abraham Rossiya chempionatiga yo‘l olishi mumkin
Photo: Getty Images

“Roma“ hujumchisi Temmi Abraham faoliyatini Rossiyada davom ettirishi mumkin.

Soccer.ru xabariga ko‘ra, 27 yoshli hujumchiga “Zenit” jamoasi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Tomonlar muzokaralarni boshlab yuborgan. Rossiya klubi hujumchi transferi uchun 20 million yevro ajratishga tayyor. Futbolchining o‘ziga esa yiliga 5 million yevro maosh taklif qilinmoqda.

Avvalroq unga “Bolonya” klubi ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Temmi Abraham o‘tgan mavsum “Milan”da ijarada harakat qilgan. U 45 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Uning hisobida 10 ta gol va 7 ta golli uzatma bor.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting