Abduqodir Xusanov familiyasi tushirilgan “Manchester City” futbolkalari sotuvga chiqdi
Rasm: sports.ru
“Manchester City” jamoasi 2025/2026 yilgi mavsum uchun yangi uy formasini taqdim etdi. Bu haqda klubning rasmiy Instagram sahifasida xabar berildi.
Puma brendi tomonidan ishlab chiqilgan formadagi jamoa aʼzolarining ism-shariflari aks etgan futbolkalar sotuvga chiqarildi. Ular orasida oʻzbekistonlik futbolchi Abduqodir Xusanov familiyasi tushirilgan variant ham mavjud.
Muxlislar yangi formani klubning rasmiy doʻkonlari yoki onlayn platforma orqali xarid qilishlari mumkin.