locale OZ

Abduqodir Xusanov APLning ilk turida eng tezkor himoyachilardan biri bo‘ldi

“Manchester Siti” yangi futbolchisi 33,5 km/soat tezlikka erishib, Gvardiola e’tirofiga sazovor bo‘ldi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Instagram

Angliya Premer-ligasi 2025/26 yilgi mavsumining birinchi turida “Manchester Siti” himoyachisi Abduqodir Xusanov o‘zining yuqori tezkorlik xususiyatlari bilan ajralib turdi. U “Vulverxempton”ga qarshi uchrashuvda zaxiradan maydonga tushib, 33,5 km/soat tezlikka erishdi. Bu natija ilk turda ishtirok etgan barcha futbolchilar orasida eng yuqori beshlikka kirdi.

Eng tezkor o‘yinchilar ro‘yxati quyidagicha shakllandi:
• Uilyam Osula (“Nyukasl”) — 34,2 km/soat
• Vilyam Izidor (“Sanderlend”) — 34,2 km/soat
• Jeremi Frimpong (“Liverpul”) — 33,7 km/soat
• Abduqodir Xusanov (“Manchester Siti”) — 33,5 km/soat
• Antoni Gordon (“Nyukasl”) — 33 km/soat

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola o‘z shogirdi haqida iliq fikr bildirdi:

«Xusanovning jismoniy tayyorgarligi va yuqori mobilligi — uning asosiy ustunliklari. Transferlar orasida u ham o‘zini namoyon qila oldi. Men ko‘rgan eng tezkor futbolchilardan biri ekanini isbotladi», — dedi murabbiy.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting