locale OZ

Abduqodir Husonov va boshqa APL futbolchilarining bozor qiymati e'lon qilindi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

Transfermarkt sayti yaqinda Angliya Premer-ligasida to'p surayotgan futbolchilarning bozor qiymatini yangiladi va bu natijalar bir qancha qiziqarli ma'lumotlarni oshkor qildi. Narxi o'zgarmagan futbolchilar orasida “Manchester City” himoyachisi, o‘zbekistonlik Abduqodir Husonov ham bor. Uning qiymati avvalgidek 35 million yevro bo‘lib qoldi. Yaqinda to‘y qilgan yosh futbolchi hali ham e’tibor markazida, ammo uning bahosi o‘zgarmadi.

Bu galgi yangilanishda Transfermarkt asosiy e’tiborni mavsumda o‘zini ko‘rsata olgan yosh futbolchilarga qaratdi. Rynok tobora iqtidorli yoshlarga qiziqishni oshirmoqda. Masalan, “Newcastle” hujumchisi Aleksandr Isak 20 million yevroga qimmatlashib, 120 million yevroga yetdi — bu ligadagi eng yirik oshishlardan biri bo‘ldi. Shuningdek, “Bournemouth” a’zosi Milosh Heysen va “Arsenal” futbolchisi Etan Lyuis-Skelli ham jiddiy qiymat oshishiga erishdi. Heysen 18 million yevro qo‘shib, 60 million yevro, Lyuis-Skelli esa 17 million yevroga oshib, 45 million yevroga baholandi.

Biroq ayrim futbolchilarning bahosi pasaydi. Xususan, “Manchester City”dan bir nechta futbolchi qiymatini yo‘qotdi. Masalan, Fil Fodenning bozor bahosi 30 million yevroga tushib, hozirda 100 million yevroni tashkil etmoqda. Erling Holand 20 million yevro arzonlashib, 180 million yevroga tushdi. Yana bir futbolchi Rodri ham shunchaga pasaydi va hozirgi bahosi 110 million yevroni tashkil etyapti.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting