Abduqodir Husonov “Manchester City”da yangi pozitsiyada o‘ynashi mumkin
“Manchester City” yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi. Xosep Gvardiola yangilangan tarkib bilan Angliya Premer-ligasi, Yevropa Chempionlar ligasi va boshqa musobaqalarda chempionlik uchun kurash olib boradi.
The Athletic nashri eksperti Jordan Kempbell xabar berishicha, jamoaning o‘zbekistonlik legioneri Abduqodir Husonov yaqinda yangi pozitsiyada sinab ko‘rilishi mumkin.
O‘tgan mavsumda “Lens” va “City” safida jami 21 ta o‘yinda markaziy himoyachi sifatida to‘p surgan Husonov, ayrim muhim bahslarda o‘ng qanot himoyasida maydonga tushgan. Jumladan, Yevropa Chempionlar ligasida “Real”ga qarshi Madriddagi 1:3 hisobidagi o‘yin va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida “Al-Ayn” ustidan 6:0 hisobidagi g‘alabada u shu pozitsiyada harakat qilgan.