Abduqodir Husonov jarohat sabab 3 ta o‘yinni o‘tkazib yuboradi
Buni klub bosh murabbiyi tasdiqladi.
ФОТО: Getty images
“Manchester City” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husonovning 3 ta o‘yinni o‘tkazib yuborishini tasdiqladi.
“O‘ylashimcha, Husonov 3 ta bahsda bizga yordam bera olmaydi. Hozircha Angliya Liga kubogida uning o‘rniga akademiya futbolchilarini tushirishim mumkin.
Umid qilamanki, Abduqodir APL va Chempionlar Ligasi o‘yinlarida bizga ko‘proq yordam bera oladi”, — dedi ispaniyalik mutaxassis.
Shu tariqa, 21 yoshli o‘zbekistonlik futbolchi Angliya Liga kubogi doirasida “Huddersfield”, APLdagi “Burnley” va Chempionlar ligasi “Monako”ga qarshi bellashuvlarda “shaharliklar”ga yordam bera olmaydi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist