locale OZ

Abduqodir Husanovning transfer narxi keskin ko‘tarildi

Husanovning narxi 35 million yevrodan 50 million yevroga ko‘tarilgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Abduqodir Husanovning transfer narxi keskin ko‘tarildi
ФОТО: Getty images

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Manchester Siti” klubi himoyachisi Abduqodir Husanovning transfer narxi 15 mln yevroga ko‘tarildi.

3 may kuni Transfermarkt portali Angliya Premer-ligasining futbolchilarining bozor qiymatini yangiladi.

Unga ko‘ra, Husanovning narxi 35 million yevrodan 50 million yevroga ko‘tarilgan.

Portal ma’lumotlariga ko‘ra, Angliya Premer-ligasida to‘p surayotgan 524 nafar futbolchining bozor qiymatini yangilangan.

Eng katta o‘sish “Manchester Siti” yarim himoyachisi Rayan Sherki hisobiga to‘g‘ri keldi. Fransiyalik futbolchining bozor qiymati 25 million yevroga oshib, 90 million yevroga yetdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting