Abduqodir Husanovning «Napoli»ga qarshi o‘yini qanday baholandi?
Sofascore portali bu borada ma'lumot berdi.
ФОТО: Getty images
O‘zbekiston terma jamoasi va “Manchester City” himoyachisi Abduqodir Husanov UEFA Chempionlar Ligasi 1-turidan o‘rin olgan “Napoli”ga qarshi bahsni asosiy tarkibda boshladi va 90 daqiqa davomida maydonda harakat qildi.
Uchrashuvdan so‘ng Sofascore portali Husanovning o‘yinini 6,9 ball bilan baholadi. Bu ko‘rsatkich “shaharliklar” himoya chizig‘ida harakat qilgan futbolchilar orasida eng past natija hisoblanadi.
Sofascore talqiniga ko‘ra, “Manchester City” — “Napoli” o‘rtasidagi bahsning eng yaxshi futbolchisi neapolliklar posboni Vanja Milinkovich-Savich bo‘lgan. Serbiyalik darvozabon 90 daqiqa davomida 6 ta seyv amalga oshirdi. “Manchester City” safidagi eng yaxshi futbolchi esa Jeremy Doku bo‘ldi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist