locale OZ

Abduqodir Husanov Portugaliyaga qarshi oʻyindan soʻng yigʻlab yubordi

Bernardu Silva esa uni ovutdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Abduqodir Husanov Portugaliyaga qarshi oʻyindan soʻng yigʻlab yubordi
FOTO: Getty Images

JCh-2026 guruh bosqichi 2-turi doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Portugaliyaga 0:5 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bahs AQShning Hyuston shahridagi NRG Stadium arenasida bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv yakunlangach, terma jamoamiz himoyachisi Abduqodir Husanov mag‘lubiyatdan qattiq ta’sirlanib, ko‘z yoshlarini tiya olmadi. Futbolchiga Portugaliya terma jamoasi yarim himoyachisi Bernardu Silva tasalli berdi.

E’tiborli jihati, Bernardu Silva va Abduqodir Husanov avval “Manchester Siti” safida birga to‘p tepgan. Shu bois o‘yindan keyingi ushbu holat futbol jamoatchiligi e’tiborini tortdi.

Portugaliya mazkur g‘alabadan so‘ng K guruhida 4 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. O‘zbekiston esa hozircha ochko jamg‘ara olmagan va guruhda 4-o‘rinda bormoqda.

Endi O‘zbekiston terma jamoasi uchun barcha e’tibor so‘nggi turga qaratiladi. Vakillarimiz 3-turda DR Kongo terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting