Abduqodir Husanov Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisiga aylandi
Goalpost ovoz berishida u Abos Fayzullayevni ortda qoldirdi.
ФОТО: Getty images
Goalpost nashri talqiniga koʻra, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi va Angliyaning “Manchester Siti” klubi markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov 2025-yilning Osiyodagi eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi.
Goalpost ovoz berishida u Abos Fayzullayev (“Istanbul Bashakshehir”, Oʻzbekiston), Nestori Irankunda (“Uotford”, Avstraliya), Marselino Ferdinan (“Oksford Yunayted”, Indoneziya), Li Hana Bom (“Midtulland”, Koreya), Ali Jasim (“Komo” / “Al-Najma”, Iroq) hamda Yaponiya, Koreya va Avstraliyadan boshqa yosh nomzodlar bilan bellashib, birinchilikni qoʻlga kiritdi.
Maʼlumot oʻrnida, 21 yoshli futbolchi 2025-yilning yanvar oyida “Manchester Siti” safiga qoʻshilib, Angliya Premyer-ligasida oʻynagan ilk oʻzbekistonlik futbolchiga aylandi.

Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist