locale OZ

Abduqodir Husanov «Olimpiya shaharchasi»dagi infratuzilma bilan tanishdi

Tadbirda uning otasi Hikmat Hoshimov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Abduqodir Husanov «Olimpiya shaharchasi»dagi infratuzilma bilan tanishdi
Фото: Olympic.uz

Olimpiya shaharchasi hududida joylashgan Sport vazirligi binosida futbol bo‘yicha Milliy terma jamoa a’zosi, "Manchester Siti" futbol klubi oʻyinchisi Abduqodir Husanov hamda uning otasi Hikmat Hoshimov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Sport vaziri Adkham Ikramov, Milliy olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov, MOQ bosh kotibi Oybek Kasimov, Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjayev ishtirok etdi.

Uchrashuvda futbolchimizning jahon chempionatiga olib borayotgan individual tayyorgarligi atroflicha muhokama qilindi. Oʻz navbatida, mutasaddilar futbolchimizni yaqinda Manchester klubi safida dastlabki sovrini – Angliya liga kubogini qoʻlga kiritgani bilan qutlab, mavsum chempionligi va Angliya kubogi finalida kutib turgan oʻyinlarda ham unga omad tilashdi.

Futbolchimiz optimal sport formasini ushlab turish uchun “Manchester Siti” tarkibida olib borayotgan mashgʻulotlari xususida gapirib oʻtdi.

Tashrif davomida Abduqodir Husanovga O‘zbekiston davlat sport akademiyasi rektori Ilhomjon Tursunaliyev tomonidan akademiyaning sport psixologiyasi, sport tibbiyoti xonalari, o‘quv auditoriyalari hamda akademiya axborot-resurs markazi faoliyati yaqindan tanishtirildi.

Shundan so‘ng rasmiylar hamrohligida Abduqodir Husanov Olimpiya shaharchasi hududida joylashgan sport inshootlarida ham bo‘ldi. Bugungi kunda dunyoning iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan mamlakatida to‘p surayotgan futbolchimiz Davlatimiz rahbari tashabbuslari bilan bunyod etilgan ushbu muhtasham sport inshootlari vatanimiz sportining yanada rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etishini e’tirof etdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting