Abduqodir Husanov Manchesterda qaysi mashinada yurishi ma'lum bo‘ldi
Rasm: Gazeta.uz
“Manchester City” fan-akkaunti ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbek himoyachisi Abduqodir Husanov Angliyada qaysi avtomobilda harakatlanishini oshkor qildi. Chop etilgan videoda jamoa futbolchilari mashg‘ulotga shaxsiy mashinalarida kelayotgani aks etgan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Husanov BMW i4 rusumidagi elektromobilda yuradi. Ushbu avtoning bozorga bahosi 73 ming AQSh dollarigacha yetadi.
Qiziq tomoni, avvalroq Toshkentda Husanovga 350 ming dollarlik mashina sovg‘a qilingani ma'lum bo‘lgan. OAV xabariga ko‘ra, ushbu avtomobilni unga futbol amaldori Ulug‘bek Asanboev taqdim etgan.
Bakradze Iman
Redaktor