Abduqodir Husanov “Manchester City” rahbariyatidan yuqori baho oldi
“Manchester City” prezidenti Xaldun Al-Muborak o'zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanovning transferi haqida fikr bildirib, klub uni anchadan beri kuzatib kelayotganini ta'kidladi.
— Husanov — iqtidorli markaziy himoyachi. Biz uni anchadan oldin tarkibga qo'shmoqchi edik. Agar u qishda kelmaganida, yozda albatta shartnoma tuzar edik. Raqiblar ko'p edi, shu bois tez qaror qabul qilishga to'g'ri keldi, — dedi Al-Muborak.
Uning so'zlariga ko'ra, qishdagi xaridlar klub uchun muhim yo'nalishlarni belgilashga yordam berdi:
— Qishdagi transferlardan mamnunmiz. Bu bizga keyingi qadamlarni anglash imkonini berdi. Yozda ham jamoaning ehtiyojlariga qarab faol harakat qilishni rejalashtiryapmiz.
Abduqodir Husanov “Manchester City” tizimida to'p surayotgan ilk o'zbekistonlik futbolchiga aylandi va u Yevropada mutaxassislar e'tiborini tortdi.