Abduqodir Husanov — «Man Siti»da mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo'lishga da'vogar
G'olib ovoz berish jarayoni orqali aniqlanadi.
ФОТО: Getty images
“Manchester Siti” rasmiy sahifasi klubning mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi sovrini uchun yakuniy uchta nomzodni e'lon qildi. O‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanovga ushbu mukofot uchun Niko O’Rayli va Jeremi Doku raqobat qilmoqda.
G‘olib ovoz berish jarayoni orqali aniqlanadi. “Shaharliklar” Angliya Liga Kubogi va Angliya Kubogidagi g‘alabalardan so‘ng ichki dublni rasmiylashtirdi. Bundan tashqari, chempionat yakunlanishiga ikki o‘yin qolgan bir vaqtda Premyer Liga chempionligi uchun kurashni davom ettirmoqda.
Abduqodir Husanov “shaharliklar” safida barcha turnirlar doirasida 33 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist