locale OZ

Abduqodir Husanov Chempionlar Ligasining eng tezkor markaziy himoyachisiga aylandi

«Man Siti» futbolchisi maydonda 35,8 km/soat tezlikka erishgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Abduqodir Husanov Chempionlar Ligasining eng tezkor markaziy himoyachisiga aylandi
FOTO: Getty Images

CIES xalqaro futbol tadqiqotlari markazi joriy mavsumdagi Chempionlar Ligasi bahslarida beshta asosiy pozitsiya bo‘yicha futbolchilarning maksimal tezlik reytingini e’lon qildi.

Markaziy himoyachilar orasida eng yuqori ko‘rsatkichni «Manchester Siti» va O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Abduqodir Husanov qayd etdi. Yosh himoyachi maydonda 35,80 km/soat tezlikka erishgan va bu o‘z toifasida joriy mavsumdagi mutlaq eng yaxshi natija bo‘lib turibdi.

Barcha pozitsiyadagi futbolchilar orasida umumiy reytingda «Nyukasl» hujumchisi Entoni Gordon peshqadamlik qilmoqda. CIES ma’lumotlariga ko‘ra, u maydonda 37,92 km/soat tezlikka erishishga muvaffaq bo‘lgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting