Abduqodir Husanov Chempionlar Ligasining eng tezkor futbolchilari qatoridan joy oldi
«Manchester Siti» himoyachisi Abduqodir Husanov joriy mavsumdagi Yevropa Chempionlar Ligasi bahslarida yuqori tezlik namoyish etish bo‘yicha yetakchilar qatoridan joy oldi. Sofascore statistik portali bergan ma’lumotlarga ko‘ra, o‘zbekistonlik futbolchi turnirning eng tezkor o‘yinchilari ro‘yxatida ikkinchi pog‘onani band etib turibdi.
Husanov maydonda soatiga 37,4 km tezlik qayd etishga muvaffaq bo‘lgan. Mazkur reytingda peshqadamlik «Real Madrid» hujumchisi Kilian Mbappega tegishli bo‘lib, uning natijasi soatiga 34,9 kmni tashkil etmoqda. Kuchli uchlikka «Bryugge» a’zosi Karlush Forbsh yakun yasagan bo‘lib, uning maksimal tezligi soatiga 34,3 kmga yetgan.
Turnirning umumiy bosqich yakunlariga ko‘ra, «Manchester Siti» jadvalda sakkizinchi o‘rinni egallab, to‘g‘ridan-to‘g‘ri pley-off bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. «Real Madrid» nimchorak final yo‘lida Portugaliyaning «Benfika» jamoasi bilan pley-off bahslarida to‘qnash keladi. Belgiya vakili «Bryugge» esa keyingi bosqich yo‘llanmasi uchun Madridning «Atletiko» klubiga qarshi maydonga tushadi.