locale OZ

Abduqodir Husanov Angliya Liga kubogi yarim finalining ramziy jamoasiga kiritildi

U maydonda ham to'liq harakat qildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Abduqodir Husanov Angliya Liga kubogi yarim finalining ramziy jamoasiga kiritildi
ФОТО: Getty images

O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov “Sofascore” portali talqiniga ko‘ra Angliya Liga kubogi yarim final uchrashuvlarining ramziy jamoasidan joy oldi.

“Manchester Siti” safarda “Nyukasl” ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Ushbu uchrashuvda Husanov maydonda to'liq harakat qilib, uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

“Sofascore” tomonidan e’lon qilingan ramziy jamoada “Manchester Siti”dan 3 nafar futbolchi, jumladan Abduqodir Husanov ham o‘rin oldi. Shuningdek, ramziy tarkibdan “Arsenal”ning 4 nafar, “Chelsi”ning 3 nafar va “Nyukasl”ning 1 nafar futbolchisi joy oldi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting