Abdulloh Olimov – «Alay» futbolchisi
U mavsum yakuniga qadar bu jamoa sharafini himoya qiladi.
Фото: ФарДУ
O‘zbekistonlik yarim himoyachi Abdullоh Olimov faoliyatini Qirg‘iziston chempionatida davom ettiradi.
Futbolchi “Alay” klubi bilan shartnoma imzoladi. U mavsum yakuniga qadar bu jamoa sharafini himoya qiladi.
Olimov shu kungacha “Paxtakor”, “Mash’al”, “Sho‘rtan”, “Neftchi”, “Andijon”, “FarDU” jamoalarida to‘p surgan.
U so‘nggi mavsumni Proliga ishtirokchisi “FarDU” jamoasida o‘tkazgandi. “Alay” safida Mirzohid Mamatxanov va Jamshid Qobulovlar ham to‘p suradi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist