locale OZ

Abdulla Abdullaev — «Navbahor» futbolchisi

28 yoshli futbolchi namanganliklar bilan mavsum oxirigacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Abdulla Abdullaev — “Navbahor” futbolchisi
Фото: Навбаҳор ПФК

O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Abdulla Abdullaev “Navbahor” bilan shartnoma imzoladi.

28 yoshli futbolchi namanganliklar bilan mavsum oxirigacha mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekdi.

Abdullaevning so‘nggi jamoasi BAAning “Dibba” klubi bo‘lgandi. U o‘tgan mavsumda ushbu jamoa safida 9 ta bahsda harakat qilgan.

Faoliyati davomida "Tsementchi" (2016), "Bunyodkor" (2017-2022), "OKMK" (2022-2023), "Khor Fakkan" (2023-2024), "Paxtakor" (2024-2025), "Dibba SCC" (2025 ---) jamoalarida o‘ynagan.

Bundan tashqari, Abdulla Abdullaev O‘zbekiston U-23 (2018-2019) terma jamoasi tarkibida ham maydonga tushgan. Abdulla Abdullaev hozirda O‘zbekiston milliy terma jamoamiz a’zosi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting