locale OZ

Abdulaziz Abdurashidov «So‘g‘diyona» futbolchisiga aylandi

Tomonlar o‘rtasidagi kelishuv 2026 yil yakunigacha amal qiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Abdulaziz Abdurashidov «So‘g‘diyona» futbolchisiga aylandi
Фото: Сўғдиёна ПФК

Jizzaxning "So‘g‘diyona" futbol klubi yangi mavsum oldidan tarkibni mustahkamlash maqsadida himoyachi Abdulaziz Abdurashidovni o‘z safiga qo‘shdi.

Klub matbuot xizmati xabar berishicha, tomonlar o‘rtasidagi kelishuv 2026 yil yakunigacha amal qiladi.

Abdulaziz Abdurashidov professional faoliyati davomida "Lokomotiv", "Turon" va "Bunyodkor" klublari sharafini himoya qilib, o‘zini mehnatkash va ishonchli himoyachi sifatida namoyon qilgan.

"So‘g‘diyona" futbolchiga jamoa safida barqaror o‘yinlar, yorqin lahzalar va katta g‘alabalar tilaydi", – deyiladi klub xabarida.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting