locale OZ

Abdul Rashid Abubakar: Muxlislarimizni g‘alabalar bilan xursand qilish — eng katta orzum

Bu yerda futbolga bo‘lgan munosabat, intizom va mehnat menga juda yoqdi. Shu sabab tez moslashib ketyapman va har kuni o‘z ustimda ishlashga harakat qilyapman.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Abdul Rashid Abubakar: Muxlislarimizni g‘alabalar bilan xursand qilish — eng katta orzum
photo: Mash'al fk

“Bu jamoaga qo‘shilganimdan juda xursandman. Ilk kunlardanoq o‘zimni uydagidek his qilyapman — jamoada muhit yaxshi, barcha professional darajada ishlayapti. Mash’al Muborak oilasining bir qismi bo‘lish men uchun katta sharaf.

Bu yerda futbolga bo‘lgan munosabat, intizom va mehnat menga juda yoqdi. Shu sabab tez moslashib ketyapman va har kuni o‘z ustimda ishlashga harakat qilyapman.

Oldimga qo‘ygan asosiy maqsadim — jamoaga maksimal foyda keltirish. Har bir o‘yinda bor kuchimni berib, “Mash’al” bilan birga yuqori natijalarga erishishni istayman. Muxlislarimizni g‘alabalar bilan xursand qilish — eng katta orzum.

Qo‘llab-quvvatlab turgan barcha muxlislarga rahmat. Ishonchingizni oqlash uchun maydonda doimo oxirigacha kurashaman.”

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting