locale OZ

Abbosjon G‘ulomov taqdirlandi

U namanganliklar safida 12 ta gol urdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Abbosjon G‘ulomov taqdirlandi
Фото: Навбаҳор ПФК

Xabaringiz bor, yakunlangan mavsumda “Navbahor” PFK matbuot xizmati xodimlari jamoamizning har bir o‘yinidan so‘ng, “lochinlar” tarkibidagi uchrashuvning eng yaxshi futbolchisini aniqlab kelishgan, ularning talqiniga ko‘ra, jamoamizning mahoratli yarim himoyachisi Abbosjon G‘ulomov “Navbahor”ning 2025-yilgi mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi, deb topilgandi.

Ta’kidlaganimizdek, yakunlangan mavsumda 27 yoshli futbolchi “lochinlar” tarkibida Superliga va O‘zbekiston kubogi bahslarida jami 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 2579 daqiqa o‘ynab, 12 ta golga mualliflik, 3 ta golga assistentlik qildi.

Shuningdek, Abbosjon G‘ulomov O‘zbekiston Professional futbol ligasi (O‘ZPFL) tomonidan yakunlangan mavsumda “Yil kashfiyoti” deb topilgandi. Shu munosabat bilan Abbosjon G‘ulomovga maxsus tayyorlangan statuetkani klub matbuot xizmati nomidan topshirildi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting