Abbosjon G'ulomov bilan tuzilgan shartnoma muddati uzaytirildi
Bugun klub qarorgohiga Namangan viloyati hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Shavkatjon Shokirjanovich Abdurazzoqov tashrif buyurib, jamoamiz prezidenti Anvarjon Abduvohidovich Tojimirzayev bilan birgalikda "Navbahor" safida yakunlangan mavsumda jamoamiz sharafini himoya qilgan futbolchilar orasidan yetakchilarni kelasi mavsumda ham "lochinlar" tarkibida olib qolish masalasini muhokama qilindi.
Bosh murabbiy Timur Tohirovich Kapadze taqdim etgan short-list asosida jamoamiz safida sermahsullik ko'rsatib, yakunda "Navbahor"ning yakunlangan mavsumdagi eng yaxshi o'yinchisi va PFL tomonidan 2025 yilgi mavsumning "Yil kashfiyoti" deb e'tirof etilgan Abbosjon G'ulomov bilan kelishuvga erishilib, u bilan tuzilgan amaldagi shartnoma muddati uzaytirildi.