locale OZ

Abbosbek Maxstaliyev – «Guliston» jamoasi yordamchi murabbiyi

Abbos bunga qadar Sirdaryo viloyati futbol akademiyasida ham yoshlarga tarbiya berib kelayotgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Abbosbek Maxstaliyev – «Guliston» jamoasi yordamchi murabbiyi
Фото: Гулистон ПФК

O‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatlarida muvaffaqiyatli to‘p tepgan Abbosbek Maxstaliyev «Guliston» futbol klubida ish boshladi.

U jamoa bosh murabbiy Abbos Ergashevga yaqinda ko‘maklashadi. Yosh mutaxassis o‘tgan yilda «Sirdaryo FA» jamoasini boshqargan va tajriba to‘plagandi.

Abbos bunga qadar Sirdaryo viloyati futbol akademiyasida ham yoshlarga tarbiya berib kelayotgandi.

U futbolchilik faoliyati davomida 2011-2014 yillarda «Paxtakor», 2015-2018 yillarda «Neftchi», 2019-2020 yillarda «Surxon»da to‘p tepgan. 2023 yilda «Yangiyer»da birinchi ligada o‘ynab, chempion bo‘lgan va jamoa bilan Proligaga chiqqan. 2011 yilda o‘smirlar, 2013 yilda yoshlar bilan kichik mundiallarda qatnashgan va ko‘plab gollarga mualliflik qilgan. O‘zbekiston iftixori ko‘krak nishoni sohibi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting