locale OZ

Abbosbek Fayzullayevning transferi yakunlash arafasida

Yaqin kunlarda rasmiy e'lon kutilmoqda
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Telegram

Rossiya futbolining yetakchi jamoalaridan biri hisoblangan CSKA klubi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha direktori Kirill Breydo o‘zbekistonlik legioner Abbosbek Fayzullayevning yangi jamoaga o‘tishi bo‘yicha rasmiy izoh berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Fayzullayev Turkiyaning “Istanbul Bashakshehir” klubi uchun to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tgan. “Hozirda tomonlar kelishuvning moliyaviy jihatlarini muhokama qilishning yakuniy bosqichida. Yaqin kunlarda hammasi rasman e’lon qilinadi”, — dedi Breydo.

Shuningdek, CSKA bosh murabbiyi Fabio Chelestini ham Fayzullayev jamoani tark etganini tasdiqladi. “Muxin va Fayzullayev jamoani tark etdi. Bu — haqiqat”, — deya qisqacha izoh berdi shveysariyalik mutaxassis.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting