locale OZ

Abbosbek Fayzullayevga Yevropadan xaridor chiqdi

Futbol
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Abbosbek Fayzullayevga Yevropadan xaridor chiqdi
FOTO: pfc-cska.com

Moskvaning SSKA klubi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev faoliyatini Yevropada davom ettirishi mumkin. Bu haqda Markaj News nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, Turkiyaning “Galatasaroy” klubi 21 yoshli futbolchiga qiziqish bildirmoqda. Istanbulliklar Fayzullayevni yozgi transferlar vaqtida sotib olishni rejalashtirmoqda.

Ma'lumot uchun, Abbosbek Fayzullayev joriy mavsum “armiyachilar” safida 27 ta o'yinda qatnashib, 3 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 8 million yevroga baholanmoqda.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting