locale OZ

Abbosbek Fayzullayev Turkiyada qancha maosh oladi ma'lum

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Abbosbek Fayzullayev Turkiyada qancha maosh oladi ma'lum
Photo: Getty Images

“Istanbul Bashakshehir” tez orada Abbosbek Fayzullayevning transferini e'lon qiladi.

Jurnalist Osman Altunterimning xabar berishicha, 21 yoshli vinger yangi jamoasi safida yiliga 1 million yevro maosh oladi. Shuningdek, unga qo'shimcha bonuslar ham berib boriladi.

Turkiya klubi Abbosning transferi uchun CSKAga 7 million yevro o'tkazib berishi aytilmoqda. Hozirda muzokaralar yakuniy bosqichda.

Abbos o'tgan mavsum CSKA safida jami 39 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 8 million yevroga baholanmoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting