locale OZ

Abbosbek Fayzullayev SSKAdan ketganiga afsuslanmaydi

O‘zbekistonlik futbolchi «armiyachilar» safida 2023 yildan 2025 yilgacha to‘p surgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Abbosbek Fayzullayev SSKAdan ketganiga afsuslanmaydi
ФОТО: Getty images

Turkiyaning "Bashakshehir" klubi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev SSKAdan ketganiga afsuslanadimi, degan savolga javob berdi. O‘zbekistonlik futbolchi "armiyachilar" safida 2023 yildan 2025 yilgacha to‘p surgan.

— SSKAdan ketganingizdan so‘ng Turkiyaning "Istanbul Bashakshehir" klubidagi mavsum haqida gapirib bersangiz. Umuman, u yerga qanday o‘tdingiz va bundan afsuslanmaysizmi, agar jarohatlar tufayli ikki marta uzoq muddatni o‘tkazib yuborganingizni hisobga olsak?

— Hech narsadan afsuslanmayman, nimaiki qilinsa, hammasi yaxshilikka. O‘tishning o‘zi juda qiyin bo‘ldi. Boshida klub meni ro‘yxatdan o‘tkaza olmadi va men uch haftacha vaqt yo‘qotdim, shekilli. Jamoa bilan shug‘ullana olmadim, o‘zim ishladim. Va bu mening jismoniy holatimga ta’sir qildi, shu sababli, o‘ylaymanki, shikastlanishlar boshlandi.

Avvallari faoliyatimda biror marta ham jarohat olmagandim, o‘yinlarni o‘tkazib yubormagandim. Bu yerda esa biroz vaqt yo‘qotdim va shu sababli jismoniy holatim yuqori darajada emasdi. Ammo keyin ko‘nikdim, keyin esa jamoaga yangi murabbiy keldi, — deya Fayzullayevning so‘zlaridan iqtibos keltiradi "Sport-ekspress".

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting