locale OZ

Abbosbek Fayzullayev SSKA bilan shartnomani uzaytirish haqida fikr bildirdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Abbosbek Fayzullayev SSKA'da qoladimi? Uning o'zi javob berdi
FОТО: pfc-cska.com

Moskvaning SSKA klubi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev “armiyachilar” bilan shartnomasini uzaytirish mumkinligi haqidagi xabarlarga izoh berdi.

“Biz hali SSKA bilan shartnomani uzaytirish masalasini muhokama qilganimiz yo'q”, - deydi Fayzullayev.

Eslatib o'tamiz, avvalroq OAV'da Fayzullayevning vakillari shartnomani uzaytirish masalasini muhokama qilayotgani, biroq Abbos ko'proq Yevropaga e'tibor qaratayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Ma'lumot uchun, Fayzullayev joriy mavsum barcha turnirlarda 33 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning SSKA bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2026-yilning yoziga qadar amal qiladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting