locale OZ

Abbosbek Fayzullayev: “O'zbekistonda hozir eng kuchli futbolchilardan iborat avlod bor”

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Abbosbek Fayzullayev: “O'zbekistonda hozir eng kuchli futbolchilardan iborat avlod bor”
FOTO: Getty Images

Moskvaning SSKA klubi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev o'zbekistonlik yosh futbolchilarning iqtidorlari haqida gapirdi.

“Hozir O'zbekistonda eng kuchli futbolchilar avlodidan biri bor. Uni rus avlodiga solishtirsam... Rossiya terma jamoasi ham kuchli tarkibga ega. Men bir nechta o'yinlarni ko'rdim, garchi ular unchalik kuchli raqiblar bo'lmasa-da, lekin tarkib kuchli edi.

Men hamisha Vatanim tomonida bo'laman. Menimcha, O'zbekiston Rossiyani mag'lub etgan bo'lardi”, - deydi Fayzullayev.

Ma'lumot uchun, Fayzullayev joriy mavsum SSKA safida jami 33 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 8 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting