locale OZ

Abbosbek Fayzullayev jahon chempionatlari rekordini o‘rnatdi

Fayzullayev XXI asrda jahon chempionatida bosh bilan gol urgani eng past bo‘yli futbolchiga aylandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Abbosbek Fayzullayev jahon chempionatlari rekordini o‘rnatdi
Фото: ЎФА

O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev JCh-2026 guruh bosqichining 1-turida Kolumbiya milliy terma jamoasiga qarshi o‘yinda (1:3) gol urib, jahon chempionatlari rekordini o‘rnatdi.

Fayzullayev XXI asrda jahon chempionatida bosh bilan gol urgani eng past bo‘yli futbolchiga aylandi. Abbosbekning bo‘yi — 167 sm. Bu haqda OPta Sports telegram-kanali xabar bermoqda.

Jahon chempionati — 2026 AQSh, Meksika va Kanadada o‘tkazilmoqda.

Turnir 11 iyunda boshlandi va 19 iyulda yakunlanadi. Amaldagi jahon chempioni Argentina terma jamoasi hisoblanadi, ular 2022 yili Qatarda finalda Frantsiya terma jamoasini o‘yindan keyingi penaltilar seriyasida mag‘lub etgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting