locale OZ

Abbosbek Fayzullayev faoliyatini Yevropaning top-5 ligalaridan birida davom ettirishi mumkin

Fayzullayev ayni paytda “Bashakshehir”ning asosiy futbolchilaridan biri hisoblanadi.
Abbosbek Fayzullayev faoliyatini Yevropaning top-5 ligalaridan birida davom ettirishi mumkin
Foto: Getty Images

Fransiyaning “Strasburg” klubi O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Istanbul Bashakshehir” yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayevga qiziqish bildirmoqda. Fransiya klubi 22 yoshli o‘zbekistonlik futbolchining transfer imkoniyatini o‘rganmoqda.

Fayzullayev ayni paytda “Bashakshehir”ning asosiy futbolchilaridan biri hisoblanadi. Uning Turkiya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2030-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Hozircha “Strasburg” tomonidan rasmiy taklif yuborilgani yoki klublar o‘rtasida muzokaralar boshlanganiga oid aniq ma’lumot yo‘q. Shunga qaramay, Fransiya vakili o‘zbekistonlik futbolchini kuzatib borayotgani xabar qilinmoqda.

Ma’lumot uchun, Fayzullayev 2026/27-yilgi Turkiya Superligasida hozircha 1 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting