locale OZ

Abbosbek Fayzullayev: “Biz Superfinaldamiz, barcha muxlislarimizni tabriklaymiz”

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Abbosbek Fayzullayev: “Biz Superfinaldamiz, barcha muxlislarimizni tabriklaymiz”
FОТО: pfc-cska.com

Moskvaning SSKA klubi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev Rossiya Kubogi final uchrashuvi haqida fikr bildirdi.

Eslatib o'tamiz, SSKA javob o'yinida “Zenit” ustidan 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Dastlabki bahsda esa xuddi shu hisob bilan mag'lub bo'lgandi.

Ikki o'yin natijasi durang bilan yakunlangach, penaltilar seriyasiga murojaat qilindi. Unda esa omad SSKA'ga kulib boqdi (4:3) va “armiyachilar” turnirning Superfinaliga yo'l oldi.

“Asosiysi, g'alaba qozondik. Biz finaldamiz, barcha muxlislarimizni tabriklaymiz”, - deydi Fayzullayev.

Ma'lumot uchun, Rossiya Kubogi Superfinali 15-may kuni Moskvada bo'lib o'tadi. Unda SSKA'ga “Spartak” - “Rostov” qarama-qarshiligi g'olibi to'qnash keladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting